Xorijiy loyihalar

Xorijiy loyihalar

Institutda AQSHning Smile Train International children's charity bilan Xalqaro grant loyihasi boyicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

2021 yildan 2022 yil mart oyiga qadar Angliyaning grant loyihasi asosida Natsionalnoye epidemiologicheskoye issledovaniye zabolevaniy polosti rta dlya otsenki rasprostranennosti i tyajesti zabolevaniy polosti rta sredi detey 7 i 12 let Respubliki Uzbekistan mavzusida ilmiy tadqiqot ishlari bajarilgan.

2021 yil mart oyida Otorinolaringologiya kafedrasi assistenti Janubiy Koreyaning INXA universitetida «Aviakosmik tibbiyotda burun va burun yondosh boshliqlari kasalliklarini tashhislash va davolashni takomillashtirish» mavzusidagi oqish uchun grant sohibi bolgan.

Toshkent davlat stomatologiya instituti 5-bosqich talabasi Tuygunov Nozimjon Jahondagi yetakchi olimlar jamlangan Yevropa kariyes tadqiqotlari tashkiloti (European Organization for Caries Research-ORCA) ning ilmiy grantini yutib oldi. Mazkur grant 2022-yilning iyun oyi oxirida Italiyada bolib otadigan xalqaro kongressda qatnashish (aviabilet, turar joy) xarajatlarini toliq qoplab beradi. Mazkur grant har yili dunyo boyicha 100 dan ortiq talabgorlar orasidan 6-7 ta nomzodga beriladi.

 

Davlat ilmiy texnik dasturlari doirasida olib borilgan ilmiy-tadqiqot loyihalari

 

2022 yildan boshlab davlat ilmiy texnik dasturlari doirasida 5 ta ilmiy tadqiqot loyihalari bajarilmoqda.

1. 3D skaner texnologiyalaridan foydalanib yuz-jag patologiyali chaqaloqlarning milliy malumotlar bazasini yaratish amaliy loyiha. Loyiha rahbari B.J.Pulatova.

2. Tishlarni tiklash paytida kompozitsion materialni isitish uchun yangi stomatologik qorilma yaratish amaliy loyiha. Loyiha rahbari T.V.Melkumyan.

3. Respublikamizda stomatologik kasalliklar tarqalishining geografik kartasini yaratish amaliy loyiha. Loyiha rahbari Sh.B.Daminova.

4. Jaglar sinishida standart transport va davolovchi boglamni yaratish va ishlab chiqarishga yolga qoyish amaliy loyiha. Loyiha rahbari N.V.Xramova.

5. Markaziy Osiyoda ilk bor bioaktiv qoplamali bioaktiv dental implant Implant .uz ishlab chiqarishni yolga qoyish amaliy loyiha. Loyiha rahbari O.R.Salimov

 

 

 

 

Топ рейтинг www.uz