Toshkent davlat Stomatologiya instituti shifokorlari tomonidan Yashnobod tumanidagi “Mashinasozlar” hamda “Fidoiylar” mahallalarida mahalla aholisi uchun tibbiy ko‘rik aksiyasi tashkil etildi

Joriy yilning 15 -16 -aprel kunlari Toshkent davlat stomatologiya instituti shifokorlari tomonidan Yashnobod tumanidagi “Mashinasozlar” hamda “Fidoiylar” mahallalarida mahalla aholisi uchun tibbiy ko‘rik  aksiyasi tashkil etildi. 

Tibbiy ko‘riklar davomida institutning Stomatolog, Genekolog, Nevropotolog, Bolalar stomatologi, Pediatr, Dermotolog, Terapevt, Infeksionest hamda Otorinolaringolog mutaxassisliklar bo‘yicha malakali shifokorlari tomonidan mahalla aholisiga konsultatsiya, tibbiy tekshiruvlar va muolaja xizmatlari ko‘rsatildi.

Tibbiy ko‘riklarni reja-jadvalga asosan institutga biriktirilgan barcha mahallalarida 23-apreliga qadar o‘tkaziladi.

Топ рейтинг www.uz